» » Abdulaziz Komilov Dehlida Hindiston Tijorat va sanoat vaziri bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Dehlida Hindiston Tijorat va sanoat vaziri bilan uchrashdi


2017-yilning 23-avgust kuni Dehli shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Hindiston Tijorat va sanoat vaziri Nirmala Sitharaman bilan uchrashdi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Elyor G‘aniyev, vazirlik, idoralar va davlat kompaniyalarini namoyon etuvchi O‘zbekiston delegatsiyasining boshqa vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan suhbatda ikki tomonlama savdo aylanmasi hajmini oshirish va nomenklaturasini diversifikatsiya qilish O‘zbekiston—Hindiston munosabatlarining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi qayd etildi.

Uchrashuvda hamkorlik masalalari batafsil muhokama qilindi hamda tomonlar tovarlar va xizmatlarni o‘zaro yetkazib berishni ko‘paytirish, O‘zbekistonda ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy raqobatbardosh tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-08-2017, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют