» » Yulduzlarga xos bo‘lmagan xislat: Oddiy hayot kechiruvchi mashhurlar

Yulduzlarga xos bo‘lmagan xislat: Oddiy hayot kechiruvchi mashhurlar


Barcha mashhurlar ham hashamatli hayot kechirmaydi. Mopster nashri shohona hayot kechirishga boyligi bo‘lsa-da, biroq oddiy hayotni ma’qul ko‘rgan yulduzlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

Jennifer Lourens ayni vaqtda Gollivudning talabgor aktrisalaridan biri bo‘lishiga qaramay, u mashhurlikka berilib o‘zidan ketib qolmagan. U qimmat uy va avtomobillar sotib olishga berilib ketmagan. Ixtiyorida Los-Anjelesdagi oddiy kvartira va tejamkor Volkswagen hamda Chevrolet bor. Shuningdek, Jennifer boshqa “yulduzlar” kabi butiklarda yurishni emas, oddiy do‘konlarni ma’qul ko‘radi.

“Shafqatsiz o‘yinlar” va “Skubi-Du” kabi filmlar orqali mashhurlikka erishgan aktrisaning ikki nafar farzandi bor. U turmush o‘rtog‘i kichik shahzoda Freddi bilan ommaga ko‘rinish beravermaydi. Ularning boyligi taxminan 15 million dollarga teng, biroq oila juda oddiy hayot kechirishadi.

Sobiq model va “Amerikancha top-model” shousiga asos solgan Tayraning boyligi 75 million dollarga teng, biroq u pullarini bekordan-bekorga sarflashga shoshilmaydi. U biror nima sotib olishni rejalashtirayotganida “kerak” yoki “kerak emas” tomonlarini o‘zaro tarozida tortib ko‘radi.

Gollivud aktyorining davlati 200 million dollarga baholangan, biroq u 2,4 million dollarga orol sotib olganini aytmasa aytarli pul sarflamagan. Uning ixtiyorida bitta avtomobil mavjud. Bundan tashqari u xayriya ishlari faol qatnashadi va atrof-muhit himoyachisi hisoblanadi. Shuningdek, Leo Afrikada ichimlik suvini tozalash bo‘yicha loyihada ishtirok etib, 500 ming odamni hayotini saqlab qolishga harakat qiladi.

Yeva kambag‘al meksikaliklar oilasida tug‘ilgan va och qolgan vaqtlarini juda yaxshi eslaydi. Uning hisobida 35 million dollar atrofida mablag‘ bo‘lishiga qaramasdan Yeva pullarni ehtiyot qiladigan ayol hisoblanadi.

“O‘rgimchak odam” filmi bilan mashhurlikka erishgan Tobi juda oddiy hayot kechiradi. Intervyulardan birida u barcha pullarni isrof qilib yuborib, keyin pul uchun kinoda suratga tushishni istamasligini ma’lum qilgan.

Texaslik Renening so‘zlariga ko‘ra, ular yoshligida juda oddiy hayot kechirishgan va otasi doim unga tabiatni va resurslarni asrash kerakligini uqtirgan. Hozirda Renening kattagina boyligi bo‘lishiga qaramay, u hashamatda yashamaydi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (24-08-2017, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют