» » Qatar o‘zining elchisini yana Eronga qaytarmoqda

Qatar o‘zining elchisini yana Eronga qaytarmoqda


Qatar o‘tgan yilda Erondan chaqirib olingan elchisini yana qaytarib Tehronga yuboradi. Bu haqda Qatar TIV matbuot xizmatiga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

“Qatar hukumati Eron Islom Respublikasi bilan barcha sohada ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash istagida ekanligini bildirdi”, — deyiladi xabarda.

Qatar o‘zining diplomatik vakilini Erondan 2016-yilning yanvar oyida chaqirib olgandi. Bu kabi qaror Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchixonasiga uyushtirilgan hujumga norozilik sifatida qabul qilingan edi. O‘tgan yilda Fors ko‘rfazi davlatlari orasidagi munosabatlar shia oqimi imomi Nimr al-Nimra qatl etilgani va unga javoban Saudiyaning diplomatik elchixonasi binosiga uyushtirilgan hujum oqibatida keskinlashgandi.

Joriy yilning iyun oyida xalqaro mojarolar markazida Qatarning o‘zi qolib ketdi. U bilan bir nechta arab davlatlari aloqalarni uzdi. Diplomatik harakatlar Qatar amiri Tamim bin Hamad al Taniy Eron bilan yaqinlashish zarurligi haqida bildirgan bayonotidan so‘ng yana boshlandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-08-2017, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют