» » Pentagon uzoq masofaga mo‘ljallangan yadro raketalari yaratish uchun 1,8 mlrd dollar ajratdi 

Pentagon uzoq masofaga mo‘ljallangan yadro raketalari yaratish uchun 1,8 mlrd dollar ajratdi 


Pentagon uzoq masofaga mo‘ljallangan qanotli yadro raketalarini ishlab chiqish uchun umumiy qiymati 1,8 milliard dollar bo‘lgan ikki shartnomani imzoladi. Bu haqda AQSh Harbiy-havo kuchlari vakili Xizer Uilson ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant.ru”.

Har biri 900 million dollardan bo‘lgan ikki kelishuv Lockheed Martin va Raytheon korporatsiyalari bilan tuzildi.

Ular 4,5 yil mobaynida uzoq masofaga uchuvchi va dushman raketaga qarshi tizimidan o‘tishga qodir, yadroviy kallaklar bilan qurollangan yangi qanotli raketasini yaratishi zarur. Tahlil va taqqoslardan so‘ng ulardan biri bilan raketalarni ishlab chiqarish yuzasidan yangi kelishuv imzolanadi.

HHK jami 1 000 dona shunday raketa xarid qilishni rejalashtirmoqda, dasturning umumiy qiymati 10 milliard dollardan iborat. Yangi raketalar 2030-yilda tayyor bo‘lishi zarur.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-08-2017, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют