» » TIQXMMI va Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

TIQXMMI va Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi


Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) va Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi (CAREC) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Bu haqda Specialist of Uzbekistan Country Office markazi “Daryo”ga xabar berdi.

Memorandumni bir tomondan TIQXMMI rektori professor O‘ktam Umrzoqov hamda ikkinchi tomondan CAREC ijrochi direktori Iskandar Abdullayevlar imzoladi. Mazkur memorandum doirasida butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun yagona “Mutaxassislik va ilmiy tadqiqot markazi” tashkil etiladi.

 Bu bizning institutimiz uchun muhim voqea bo‘lib, ushbu memorandumni xalqaro loyihalarni amalga oshirishda katta tajribaga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi bilan imzolayotgan mamlakatdagi birinchi oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lishdan mamnunmiz. Ekologiya XXI asrda har qanday mamlakatini rivojlantirishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Umid qilamizki, Memorandum bizning mamlakatimizda amalga oshirish mumkin bo‘lgan buyuk ishning faqatgina boshlanishi bo‘ladi. Memorandum doirasida hamkorlikning dastlabki bosqichi yagona “Mutaxassislik va ilmiy tadqiqot markazi” tashkil etish bo’ladi.

O‘ktam Umrzoqov, TIQXMMI rektori 

Markazning ochilishi atrof-muhitni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan Markaziy Osiyo xalqaro ekologik forumi bilan hamohang bo‘ladi. Mazkur Forumni 2018-yil iyun oyida Toshkent shahrida da o‘tkazish rejalashtirilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-08-2017, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют