» » Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekistonning toshi ham pul! (video)

Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekistonning toshi ham pul! (video)


Bekobod shahridagi “O‘zbekiston metallurgiya kombinati”da bazalt tolasidan mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali xabar berdi.

Bazalt ishlab chiqarish uchun Jizzax viloyatidan tog‘ toshlari keltirilmoqda. Xomashyosi toshdan olinadigan, o‘tda yonmaydigan bunday mahsulotlar zamonaviy qurilish sohasida zarur hisoblanadi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu mahsulotdan uy-joy qurilishida, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishda, dastgohlar, energetik quvurlar va qurilish konstruksiyalarini qoplash uchun keng ko‘lamda foydalanish, importni kamaytirish uchun kombinatda sendvich-panellar tayyorlash hajmini keskin oshirish zarurligini uqtirdi.

Issiqda salqin bo‘ladi, sovuqda issiq bo‘ladi. Bu tabiatning bizga bergan in’omi, desak ham to‘g‘ri bo‘ladi. Standartlarni o‘zgartirish kerak.

Ko‘p qurilishlarga g‘isht kerak emas. Bolalar bog‘chasi, maktab, shifoxonaga, mayli, g‘isht kerakdir. Katta-katta ishlab chiqarish korxonalari, to‘qimachilik kombinatlariga g‘ishtning nima keragi bor?

Avvalo, bu mahsulot xaridorlari kafolatlangan bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, hamma viloyatlarda temiryo‘l kompaniyasi qoshida bu mahsulotni tarqatadigan tashkilot tuzilishi kerak.

Masalan, qishi sovuq Qoraqalpog‘iston, Xorazmga bu mahsulot juda kerak, lekin ular — u yerdagi quruvchilar ham, tashkilotlar ham buni bilmaydi.

Bunday xomashyo hamma davlatlarda ham mavjud emas. Bizga Xudo bergan bo‘lsa-yu, biz bundan ham foydalanmasak. Tabiat in’omini xalqimizga tushuntirishimiz kerak. O‘zbekistonni toshi ham pul!

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-08-2017, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют