» » O‘zbekistonda kimyo sanoatini rivojlantirishning 5 yillik dasturi tasdiqlandi

O‘zbekistonda kimyo sanoatini rivojlantirishning 5 yillik dasturi tasdiqlandi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Kimyo sanoatini 2017—2021-yillarda rivojlantirish dasturi to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Qaror matni davlat rahbari saytida joylashtirildi.

Hujjat mineral-xom ashyo zaxiralarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha choralar ko‘rish, eksportga yo‘naltirilgan tayyor kimyoviy mahsulotlar hajmi va turlarini ko‘paytirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorij investitsiyalarini jalb etgan holda mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarini zarur kimyoviy materiallar bilan ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

Dastur o‘z ichiga kimyo sanoatini 2017—2021-yillarda rivojlantirish va kimyo korxonalari rentabelligining maqsadli parametrlari, 2017—2021-yillarda kimyoviy mahsulotlarning asosiy turlarini ishlab chiqarishning prognoz parametrlarini o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, 2017—2021-yillarda kimyo sanoati korxonalarini qurish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish hamda kengaytirish bo‘yicha investitsiya loyihalari ro‘yxati, “O‘zkimyosanoat” AJ korxonalari ishlab chiqarish sikllari va moliyaviy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha choralar kompleksi tasdiqlandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (24-08-2017, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют