» » Shavkat Mirziyoyev: Yosh oilalar farzandini o‘zi tarbiya qilgisi ham keladi (video)

Shavkat Mirziyoyev: Yosh oilalar farzandini o‘zi tarbiya qilgisi ham keladi (video)


Bekobod shahrida joriy yilda har biri 42 xonadonga mo‘ljallangan yetti qavatli ikkita uy qurilmoqda. 2018-yilda xuddi shunday yana 10 ko‘p qavatli uy-joy barpo etilishi rejalashtirilgan.

Bekobod shahrida tashrif bilan bo‘lgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qayd etishicha, boshpana hammaga kerak, ayniqsa, yosh oilalarga.

Eng katta masala — Bekobod metallurglarga munosib shaharmi yoki yo‘q? Bekobodda istiqomat qilayotgan odamlarning kayfiyati qanday? Odamlarga eng avvalo boshpana kerak. Yoshlarga ham, yoshi o‘tganlarga ham sharoit kerak. Shuning uchun, 12 ta ko‘p qavatli chiroyli, arzon, g‘ishtdan uylar quramiz.

Bu sizlarga ham dalda bo‘ladi. Mana, yosh oilalar ham bor. Yosh oilaga nima kerak? To‘g‘ri, ota-onani, qaynona-qaynotani yaxshi ko‘radi. Lekin har bir yosh o‘zi bir kitob o‘qigisi keladi, farzandini o‘zi tarbiya qilgisi keladi. Umuman, muhit boshqa bo‘ladi. Otalarimiz, onalarimizga ham yaxshi bo‘ladi, o‘zimizga ham yaxshi bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Bekobodda bundan boshqa yangi mavzelar, ko‘p qavatli uylar qurilishi ham rejalashtirilgan. Uylar “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” va Bekobod sement zavodi ishchilari uchun tijorat banklarining krediti hisobidan quriladi.

Xabar berishlaricha, har yili o‘rtacha 1 ming 200 xonadon foydalanishga topshiriladi. Mavzedagi birinchi uylarni bir yildan so‘ng, Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirish mo‘ljallanmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi dahani “Mustaqillikning 27 yilligi massivi”, deb nomlashni taklif qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-08-2017, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют