» » “Taxtlar o‘yini”ning britaniyalik ishqibozlari xaski itlaridan ommaviy tarzda qutula boshladi

“Taxtlar o‘yini”ning britaniyalik ishqibozlari xaski itlaridan ommaviy tarzda qutula boshladi


“Taxtlar o‘yini” serialining britaniyalik ishqibozlari xaski itlarini jonivorlar uchun boshpanalarga topshira boshladi. Yuzlab itlar boshpanalarga qaytarib berildi, deb xabar qiladi Daily Mail.

Fentezi janridagi ushbu serialda xaski itlari oddiy bo‘rilardan bir necha barobar katta bo‘ladigan dayrvulflar rolida ijro etgan. Bu jonivorlar Starklar oilasining ramzi hisoblanadi, oila boshlig‘i — Eddardning olti farzandidan har biriga bittadan dayrvulf sovg‘a qilinadi.

Jonivorlarni himoya qilish tashkilotlari o‘z vaqtida serial ishqibozlari ommaviy tarzda xaskilarni sotib olayotganidan xavotir bildirgan edi. Bu itlar tor xonadonlarda yashay olmaydi — ularni doimiy ravishda aylanishga olib chiqib turish lozim, aks holda ular zerikib, mebelga zarar yetkaza boshlaydi.

Buyuk Britaniyada qisqa muddatda bir necha yuz xaski jonivorlar boshpanalariga topshirildi.

“Taxtlar o‘yini” yulduzi Piter Dinkleyj PETA jonivorlarni himoya qilish tashkiloti bilan birgalikda muxlislarga murojaat qilib, xaskilarni sotib olishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘rishni maslahat berdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-08-2017, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют