» » Buxoroda yangi uylarga qo‘shib mebel, muzlatkich va televizor ham sovg‘a qilindi

Buxoroda yangi uylarga qo‘shib mebel, muzlatkich va televizor ham sovg‘a qilindi


Buxoro tumanidagi Rabotak qishlog‘ida yangilangan loyihalar asosida barpo etilgan zamonaviy uy-joylar foydalanishga topshirildi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali xabar berdi.

Rabotak qishlog‘ida 42 zamonaviy uy qurilib, foydalanishga topshirildi. Hovli to‘yini nishonlaydiganlar orasida Prezident sovg‘asi sifatida uy kalitini olgan olti nafar ehtiyojmand oila vakillari va jismoniy imkoniyati cheklangan fuqaro ham bor.

Tadbirda yosh oilalarga Prezident sovg‘asi sifatida yotoqxona mebeli, oshxona jihozlari, muzlatkich, televizor, changyutgich, kir yuvish mashinasi topshirildi.

Shu kuni Rabotakda ijtimoiy ko‘makka muhtoj 15 fuqaroga joriy yilda foydalanishga topshiriladigan uylarga egalik qilish huquqini beruvchi order berildi.

Yangilangan namunaviy loyihalar asosida viloyat qishloqlarida joriy yil oxiriga qadar yana 200 uy qurilib, 20 tasi ehtiyojmand oilalarga ajratilishini ta’kidlash kerak. Tadbirda ushbu fuqarolarga Prezident sovg‘asi sifatida uyning boshlang‘ich badali to‘langani to‘g‘risida sertifikatlar topshirildi.

“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan uy-joyga muhtoj nogiron va mehnatga layoqati cheklangan 35 fuqaroga tikuv mashinasi berilib, kasanachilik shartnomasi asosida ishga joylashtirildi.

Boquvchisini yo‘qotgan va kam ta’minlangan oilalar 26 nafar farzandining sunnat to‘yi ham o‘tkazib berildi. Bolajonlarga homiylar tomonidan sovg‘a-salomlar topshirildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-08-2017, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют