» » Tramp Twitter’da “Obama tutilishini” retvit qildi (foto)

Tramp Twitter’da “Obama tutilishini” retvit qildi (foto)


AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter’da antiqa suratni retvit qildi. Suratda u AQShning sobiq prezidenti Barak Obamani “yopib qo‘ygan”. “RIA Novosti” bu tvitga e’tibor qaratdi.

To‘rtta qismdan iborat suratda oq-qora rangdagi Obamaning suratini kulib turgan Trampning rangli surati sekinlik bilan yopib borgan. Pastda “Eng yaxshi tutilish”, degan yozuv ham bor.

Tramp retvit qilgan post prezidentning tarafdori bo‘lgan Jerri Travone tomonidan davlat rahbarining avvalgi xabarlariga javob bo‘lgan.

Prezident tomonidan qilingan tvit mavzusi 21-avgustda AQShning 14 ta shtatida kuzatilgan quyoshning to‘liq tutilishi bilan bog‘liq. Oxirgi marta bunday hodisa AQShda 99 yil avval yuz bergan. Quyoshning keyingi to‘liq tutilishi 2024-yilda bo‘lishi kutilmoqda, biroq uni bir nechta shtatdagina ko‘rish mumkin bo‘ladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (25-08-2017, 06:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют