» » Italiyada sayyohlar plyajdan qum o‘g‘irlagani uchun 4000 ming yevro jarimaga tortildi

Italiyada sayyohlar plyajdan qum o‘g‘irlagani uchun 4000 ming yevro jarimaga tortildi


Italiyaning Sardiniya orolidan mahalliy plyaj qumini xorijga esdalik sifatida olib ketmoqchi bo‘lgan to‘rt nafar sayyohning har biri ming yevrodan jarimaga tortildi. Bu haqda The Sun gazetasi xabar berdi.

Sayyohlarga Sardiniyadan qum olib ketishni taqiqlash haqidagi qoida avgust oyining boshida kuchga kirgan. Bu to‘rt nafar sayyoh yangi qoidani buzgan dastlabki kishilar bo‘ldi. Ularning qaysi mamlakatdan kelganligi aniqlashtirilmagan.

Bunday qoidabuzarlik uchun jarimaning eng yuqori miqdori bir kishi uchun uch ming yevroni tashkil qiladi. Sardiniya rahbariyati plyajlardagi o‘g‘riliklardan norozi bo‘lgan mahalliy aholining shikoyatlari va OAVlarda sayyohlarning bunday xatti-harakati yuzasidan bo‘lib o‘tgan bahslardan so‘ng shunday qoidani joriy qilgan.

Orolda joylashgan Kalyari Elmas xalqaro aeroportining ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yilning yozida havo kemalari yo‘lovchilaridan besh tonnadan ko‘proq qum olib qo‘yilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-08-2017, 08:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют