» » Senat Yoshlar kuni va Qishloq xo‘jaligi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risidagi qonunlarni ma’qulladi

Senat Yoshlar kuni va Qishloq xo‘jaligi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risidagi qonunlarni ma’qulladi


24-avgust kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisida senatorlar 30-iyun kuni “O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kuni” deb belgilanadigan “O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunni ko‘rib chiqdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

2017-yil 30-iyunda bo‘lib o‘tgan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqini tuzish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. Ushbu qurultoyda 30-iyun kunini mamlakatda O‘zbekiston yoshlari kuni, deb e’lon qilish taklif etildi.

Senatorlarning fikricha, qonunning qabul qilinishi yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali ro‘yobga chiqarishga, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh qilishga ko‘maklashadi.

Shundan keyin senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni etib dekabr oyining ikkinchi yakshanbasini belgilashni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini ko‘rib chiqdi.

Senatorlar qishloq xo‘jaligida chuqur iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish natijasida agrar tarmoqning bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan yangi tizimi shakllanganligini qayd etdi. Hozirgi vaqtda 3,6 million xodim va xizmatchi agrar tarmoqda faoliyat ko‘rsatmoqda. Qishloq xo‘jaligining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 17,2 foizni, yillik o‘sish 6-7 foizni tashkil etmoqda.

Bunday natijalarga erishishda tarmoqning barcha xodimlari va xizmatchilari – fermerlar, dehqonlar, mexanizatorlar, pillachi va chorvadorlar, qishloqdagi tadbirkorlar, agrar sektorda faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassis hamda olimlarning roli katta.

Senatorlarning fikricha, “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi qishloq mehnatkashlari jonbozligining, davlat mustaqilligini mustahkamlashga, mamlakat gullab-yashnashiga ular qo‘shayotgan hissasining e’tirof etilishidir. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (25-08-2017, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют