» » Londondagi masjid 150 kilogrammlik pirog tayyorlab, rekord o‘rnatdi (foto)

Londondagi masjid 150 kilogrammlik pirog tayyorlab, rekord o‘rnatdi (foto)


Sharqiy Londondagi masjid pazandalik borasidagi yutug‘i bilan Ginnessning Rekordlar kitobiga kirdi, deb yozadi “Islam-today.ru”.

Londonning mashhur masjidi o‘ziga xos xayriya aksiyasini o‘tkazdi. Ko‘ngillilar Muslim Aid islom xayriya tashkiloti xodimlari bilan birgalikda hind oshxonasining mashhur xamirli taomlaridan biri — samosani tayyorlashdi. So‘ng aktivistlar uni masjid yaqinidagi boshpanasiz kishilarga ulashdi.

Musulmonlar 153 kg og‘irlikdagi pirogni tayyorlab, dunyodagi eng katta samosa yo‘nalishida Ginness kitobiga kirdi. O‘z rekordlari bilan aktivistlar musulmonlar yil bo‘yi, ayniqsa hayit bayramlarida tinimsiz mehnat qilishi, kambag‘allarga yordam qilishi va xayriya bilan shug‘ullanishini ko‘rsatib bermoqchi bo‘ldi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-08-2017, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют