» » Senat To‘ytepa shahrini Toshkent viloyatining ma’muriy markazi etib belgilash to‘g‘risidagi taklifni ma’qulladi

Senat To‘ytepa shahrini Toshkent viloyatining ma’muriy markazi etib belgilash to‘g‘risidagi taklifni ma’qulladi


2017-yil 24-avgust kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisida senatorlar Toshkent viloyatining ma’muriy-hududiy tuzilishini o‘zgartirish bilan bog‘liq qator masalalarni ko‘rib chiqdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Xususan, Toshkent viloyatining To‘ytepa shahri va O‘rta Chirchiq tumanining chegaralarini o‘zgartirish hamda To‘ytepa shahrini viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, shuningdek, To‘ytepa shahrini Toshkent viloyatining ma’muriy markazi etib belgilash to‘g‘risidagi, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahri va Yangiyo‘l tumanining chegaralarini o‘zgartirish, shuningdek, Yangiyo‘l shahrini viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish to‘g‘risidagi, Toshkent viloyatining Ohangaron shahri va Ohangaron tumanining chegaralarini o‘zgartirish, shuningdek, Ohangaron shahrini viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Mamlakat hukumati tomonidan kiritilgan ushbu takliflarning ma’qullanishi Toshkent viloyatining ma’muriy-hududiy tuzilishini takomillashtirishga, hududlarni samarali boshqarishga, aholi uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga ko‘maklashadi, turizm sohasining rivojlanishiga turtki beradi, deyildi majlisda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-08-2017, 09:42)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют