» » Harbiylar uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badal davlat tomonidan kiritiladi

Harbiylar uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badal davlat tomonidan kiritiladi


Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari hamda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma xabar berdi.

Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati (keyingi o‘rinlarda tegishli idoralar deb ataladi) tizimlarida kontrakt bo‘yicha kamida 5 kalendar yil xizmat qilgan va yangidan kontrakt tuzgan, turar joy bilan ta’minlanmagan yoki turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq davlat hisobiga turar joy bilan ta’minlanish yoki turar joy sharoitlarini yaxshilash huquqiga ega bo‘lgan, haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarga joriy etiladi.

Turar joy sotib olish (qurish) uchun harbiy xizmatchilar tomonidan ipoteka krediti olinishida turar joy maydonining belgilangan ijtimoiy normasi doirasida sotib olinadigan (quriladigan) turar joy qiymatining 25 foizi miqdoridagi dastlabki badal tegishli idoralar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va tegishli idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga kiritiladi. Sotib olinayotgan (qurilayotgan) turar joy qiymati ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal to‘lanayotgan sanada belgilangan eng kam oylik ish haqining 2 000 baravaridan ortiq bo‘lmasligi kerak.

Harbiy xizmatchi turar joy sotib olish (qurish) uchun tegishli idoradan dastlabki badalni olish uchun turar joy komissiyasiga (tegishli idoralarning harbiy qismlarida tashkil etiladi) hujjatlar to‘plamini taqdim etadi. Turar joy komissiyasi o‘n kun muddatda taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganadi va ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligini tekshiradi.

Ipoteka krediti olgan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha harbiy xizmatdan bo‘shatilgan harbiy xizmatchilar (ba’zi toifadagi shaxslar bundan mustasno) tegishli idoralar tomonidan kiritilgan dastlabki badal summasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaytaradi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (25-08-2017, 10:57)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют