» » O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyda ShHTga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyda ShHTga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi


Xitoyning Yanchjou shahrida 22—25-avgust kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston vakillari tashkilot doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari va Davlat rahbarlari kengashi, Hukumat rahbarlari (bosh vazirlar) kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi va boshqa nizomiy organlar majlislarining kun tartibi va o‘tkazilish jadvali yuzasidan fikr almashdi.

Xitoy tomoni o‘zining ShHTga raisligi doirasida amalga oshirish ko‘zda tutilgan harakatlar dasturini taqdim etdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi milliy koordinatorlarga Toshkent shahrida bo‘ladigan ShHTga a’zo davlatlar adliya vazirlari va Oliy sudlar vakillari yig‘ilishlariga tayyorgarlik jarayoni haqida ma’lumot berdi.

Majlisda ShHT kun tartibining boshqa maslalari ham ko‘rib chiqildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-08-2017, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют