Kun fotosi: Toshkent IIBB “kiyinishi viloyatliklarga o‘xshash” shaxsni qidirmoqda
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi yoshi katta va keksa fuqarolarga nisbatan sodir etilgan o‘g‘rilik va firibgarlik jinoyatlari ko‘payganligi sabab hodisa joylari yaqinidagi videokuzatuv kamerasiga tushgan bir qator shaxslarni qidirmoqda.
Mavzuga doir: IIBB keksa fuqarolarni begona shaxslarni xonadonga kiritmaslik haqida ogohlantirdi
Ular orasida yoshi 35—40 larda, bo‘yi 170—175 santimetr bo‘lgan, sochlari qora, siyrak, old taraf sochi to‘kilgan, o‘rta gavdali, o‘zbek va rus tillarida yaxshi so‘zlasha oladigan shaxs ham bor. IIBB xabarida alohida qayd etilishicha, bu shaxs “kiyinishidan viloyatliklarga o‘xshaydi”.
IIBB axborotida viloyatlik shaxslar kiyinishida qanday o‘ziga xosliklar borligiga aniqlik kiritilmagan.
“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring