» » O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vaziri Qirg‘izistonda Fuqaro mudofaasi xalqaro tashkiloti bosh direktori bilan uchrashdi

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vaziri Qirg‘izistonda Fuqaro mudofaasi xalqaro tashkiloti bosh direktori bilan uchrashdi


Qirg‘izistonning Cholpon-Ota shahrida 24-avgust kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar favqulodda vaziyatlar oldini olish va bartaraf etish masalalari bilan shug‘ullanuvchi idoralari rahbarlarining 9-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston FVV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yig‘ilishda Hindiston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Favqulodda vaziyatlar vazirlari, tegishli mutaxassislari, ShHT kotibiyati, shuningdek, taklif qilingan mehmonlar sifatida Xalqaro fuqaro mudofaasi tashkiloti hamda Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish markazi rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar ShHTga a’zo davlatlarda 2015—2017-yillar mobaynida sodir bo‘lgan yirik favqulodda vaziyatlar, ular keltirgan talofatlar, kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston va Rossiya Favqulodda vaziyalar vazirlari R.Jo‘rayev va V.Puchkovlarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida 2017—2018-yillarga mo‘ljallangan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha tadbirlar rejasi imzolandi. Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari, mazkur rejani amalga oshirish choralari xususida o‘zaro fikr almashildi.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vaziri R.Jo‘rayev Fuqaro mudofaasi xalqaro tashkiloti bosh direktori V.Kuvshinov bilan ham uchrashdi. Uchrashuvda 2018—2020-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi va Fuqaro mudofaasi xalqaro tashkiloti o‘rtasida aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida hamkorlik bo‘yicha tadbirlar rejasi imzolandi.

Yig‘ilish yakunida ShHTga a’zo davlatlar favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish masalalari bilan shug‘ullanuvchi idoralari rahbarlarining 9-yig‘ilishi bayoni imzolandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-08-2017, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют