» » Azamat Abduraimov: O‘zbekiston termasiga hozircha chaqirishmadi. Ammo unda ishlash men uchun sharaf

Azamat Abduraimov: O‘zbekiston termasiga hozircha chaqirishmadi. Ammo unda ishlash men uchun sharaf


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib kelgusida Azamat Abduraimov tayinlanishi mumkinligi borasida norasmiy xabarlar paydo bo‘lgandi. Shu xususda mutaxassisning o‘zi “Daryo” savollariga javob qaytardi.

Bu borada menga hech kim rasmiy murojaat bilan chiqqanicha yo‘q. Biroq milliy terma jamoa bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borish men uchun katta sharaf bo‘lardi.

Azamat Abduraimov, mutaxassis

Intervyu davomida Abduraimov futbolchi sifatida Jahon chempionatida ishtirok etish uning uchun armon bo‘lib qolgani haqida aytib, bunga murabbiy sifatida erishish uning orzusi ekanligiga to‘xtaldi.

Osiyo o‘yinlaridagi g‘alabadan keyin futbolchi sifatida eng katta orzum mundialda to‘p surish edi. Biroq bu menga armon bo‘lib qoldi. Biroq murabbiy sifatida terma jamoamizni Jahon chempionatiga olib chiqib, muxlislarimizni xursand qilishni istagan bo‘lardim.

Kelajakda bosh jamoani boshqarish nasib qilsa, bor kuch va bilimimni safarbar qilishga harakat qilaman. Ishonamanki, 12-sentabrdan keyin O‘FFning yangi rahbariyati mamlakat futbolida tizimli o‘zgarishlarni amalga oshiradi va uni sifatli darajaga ko‘tarish ishlarini boshlaydi.

Azamat Abduraimov, mutaxassis

Abduraimov kuni kecha O‘zbekiston havo yo‘llari rahbarligini qabul qilib olgan Ulug‘bek Ro‘ziqulovning O‘FF prezidenti etib tayinlanishi mumkinligi borasidagi mish-mishlarga shunday javob berdi:

Ro‘ziqulovni Andijondagi faoliyatim orqali yaxshi bilaman. U zamonaviy rahbar, futbolni yaxshi tushunadi. Menga Ro‘ziqulov bilan ishlash ancha oson. Bir vaqtlar aynan uning ko‘rsatmasi bilan Rossiyaga borib, Qurbon Berdiyev bilan uchrashgandim. O‘shanda ikki tomonlama hamkorlik borasida kelishuvga erishganmiz. Biroq “Rubin” bir necha oydan keyin Berdiyevni iste’foga chiqargach, rejalarimiz amalga oshmay qolgan.

O‘ylaymanki, Ro‘ziqulov nomzodi O‘FF uchun munosib bo‘lardi. Chunki u nafaqat futbolni sevadi, balki “Bunyodkor” faxriylari jamoasida to‘p tepadi ham.

Azamat Abduraimov, mutaxassis

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (25-08-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют