» » Qovun yeyish uchun 5 ta sabab

Qovun yeyish uchun 5 ta sabab


Qovun tarkibida organizmning normal faoliyat ko‘rsatishiga yordam beruvchi va uni saraton, insult kabi kasalliklardan himoya qiluvchi vitaminlar, minerallar va boshqa foydali moddalar mavjud.

Har qanday navli qovunning 100 grammi C vitaminining kundalik ehtiyoj me’yorining taxminan 20–30 foizini ta’minlaydi. Bu vitamin tananing barcha to‘qimalarining o‘sishi va normal holatda turishi uchun juda muhim, shuningdek u yaralarning bitishiga, suyaklar va tishlarning tiklanishiga yordam beradi.

A vitamini ham tishlar va suyaklar, shuningdek teri va shilliq qavatlar sog‘lig‘i uchun juda muhim. U ko‘zdagi to‘r pardani himoya qiladi, ko‘rishni yaxshilaydi.

Ko‘pchilik mevalar va rezavor mevalar kabi qovundan ham ozish uchun foydalanish mumkin. Uning kaloriyasi ko‘p emas (100 grammida 35 kkal ga yaqin), yog‘lar esa deyarli yo‘q. Bundan tashqari uning tarkibidagi suv to‘yish hissini uyg‘otadi, tabiiy shirinlik esa shokolad yeyish istagini yo‘qotadi.

Qovun ajoyib siydik haydovchi xususiyatiga ega. Agar uni ertalabki paytlar muntazam ravishda iste’mol qilinsa, buyraklar sog‘lom bo‘ladi.

Qovun tarkibidagi vitaminlar terini taranglashtiradi va qarishdan saqlaydi. Uning bunday afzalliklaridan kundalik iste’molga qo‘shish yoki uning bo‘laklarini yuz va bo‘yinga 15-20 daqiqa qo‘yish orqali bahramand bo‘lish mumkin.

Qovun tarkibidagi vitaminlar va foydali moddalar sochning o‘sishiga yordam beradi va uning tushishini to‘xtatadi.

Manba: “Layfxaker”

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-08-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют