» » Rossiya TIV: AQSh va Janubiy Koreya harbiy mashg‘ulotlari Koreya yarim orolida keskinlikni yumshatishga xizmat qilmaydi

Rossiya TIV: AQSh va Janubiy Koreya harbiy mashg‘ulotlari Koreya yarim orolida keskinlikni yumshatishga xizmat qilmaydi


AQSh va Janubiy Koreyaning Ulchi Freedom Guardian harbiy mashg‘ulotlari Koreya yarim orolida keskinlikni yumshatishga xizmat qilmaydi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“AQSh va Janubiy Koreyaning navbatdagi keng ko‘lamli harbiy-dengiz mashg‘ulotlari o‘tkazilishi Koreya yarim orolida keskinlikni yumshatishga xizmat qilmaydi. Barcha tomonlarni imkon boricha ehtiyotkorlikka chaqiramiz. Mintaqada qurol-aslahalarning ortishi oqibatida har qanday o‘ylab ko‘rilmagan qadam, hatto qasddan bo‘lmagan hodisa ham harbiy mojaroga sabab bo‘lishi mumkin”, — dedi Rossiya TIV vakili.

Ayni paytda, Mariya Zaxarovaga ko‘ra, Rossiya tomoni “Koreya yarim oroli atrofidagi jangovar ruhdagi gap-so‘zlar shiddati birmuncha pasaygani”ni qayd etdi. Shu bois Moskva Pxenyan mashg‘ulotlarga harbiy yo‘l bilan javob bermasligiga umid qilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-08-2017, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют