» » So‘rov: Putinga rossiyaliklarning 58 foizi ishonch bildirdi

So‘rov: Putinga rossiyaliklarning 58 foizi ishonch bildirdi


“Levada markazi” xodimlari tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, rossiyaliklar siyosatchilar orasida eng ko‘p ishonchni prezident Vladimir Putinga bildirdi. Bu haqda “Interfaks” nashriga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Xabar berilishicha, so‘rovda ishtirok etganlarning 58 foizi amalga prezidentga ishonch bildirgan. Ikkinchi o‘rinni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu egalladi, uchinchi o‘rinni esa Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov band etdi.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, mamlakat aholisining 85 foizi Putinning prezident sifati ish yuritayotganini ijobiy baholadi. Qolgan 15 foizi undan norozi. Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev faoliyatini so‘rov ishtirokchilarining 48 foizi ijobiy, 51 foizi salbiy baholadi.

So‘rov 18—22-avgust kunlari Rossiyaning 137 ta aholi punktida, 1600 nafar odam o‘rtasida o‘tkazildi.

Aprel oyida o‘tkazilgan so‘rovda prezidentga 54 foiz odam ishonch bildirgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-08-2017, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют