» » Fransiya prezidenti makiyaj uchun uch oyda 26 ming yevro sarfladi

Fransiya prezidenti makiyaj uchun uch oyda 26 ming yevro sarfladi


Fransiya prezidenti Emmanuel Makron uch oy davomida vizajist xizmatlari uchun 26 ming yevro sarfladi. Bu haqda Le Point jurnaliga tayanib, Closer xabar berdi.

“Emmanuel Makron o‘z vizajistiga juda bog‘lanib qolgan ko‘rinadi. Prezident u Yelisey saroyida bo‘lishini istadi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, yozilishicha, har qanday vaziyatda jozibador ko‘rinish muhim, biroq bu juda qimmat. Makronning xarajatlari buni oshkor qilmoqda. Jurnalistlar respublika rahbari 10 va 16 ming yevro sarf qilganini isbotlovchi ikkita hisobni topdi.

Vizajistning ismi Natasha bo‘lib, u Makron bilan saylovoldi kompaniyasi vaqtida birga ishlagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, amaldagi davlat rahbaridan oldingi prezident Fransuo Olland o‘zining vizajistiga oyiga olti ming yevro atrofida pul to‘lagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-08-2017, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют