» » Boks. Jahon chempionatining ochilishi 17:00 da. Sanjar Tursunov 00:15 dan keyin ringga chiqadi

Boks. Jahon chempionatining ochilishi 17:00 da. Sanjar Tursunov 00:15 dan keyin ringga chiqadi


Bugun — 25-avgust kuni boks bo‘yicha Jahon chempionati Germaniyaning Gamburg shahrida start oladi.

Unda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan 10 nafar charm qo‘lqop ustasidan 2 tasi aynan bugun ringga ko‘tariladi. Ulardan biri Sanjar Tursunov.

Sanjar Tursunov Toshkentda o‘tgan Osiyo chempionatining pley-offida zafar quchib, mundial chiptasiga ega chiqqandi. -91 kilogramm vazn toifasida jang qiladigan mazkur bokschi qit’a chempionatini medalsiz yakunlagan yagona o‘zbekistonlik hisoblanadi. Qolgan 9 ishtirokchi oltin medalni qo‘lga kiritgandi.

Jahon chempionati janglarini O‘zbekiston hududida translyatsiya qilishning eksklyuziv huquqini xarid qilgan UzReport telekanali 17:00 dan boshlab Jahon chempionatining ochilish marosimi olib beradi va bir qator janglarni ko‘rsatadi.

Tungi 00:15 dan boshlab translyatsiyalar davom ettiriladi. Janglarning borishiga qarab mana shu vaqtdan keyin Sanjar Tursunov ringga ko‘tariladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-08-2017, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют