» » Tailand Oliy sudi sobiq bosh vazir Yinglak Chinavatni hibsga olishga order berdi

Tailand Oliy sudi sobiq bosh vazir Yinglak Chinavatni hibsga olishga order berdi


Tailand Oliy sudi kollegiyasi 25-avgust, juma kuni ishi bo‘yicha hukm e’lon qilinishiga kelmagani uchun sobiq bosh vazir Yinglak Chinavatni hibsga olishga order berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan gurunch xarid qilish bo‘yicha davlat dasturini amalga oshirishda e’tiborsizlikda ayblangan sobiq bosh vazirning mingga yaqin tarafdori hukm chiqarilishini kutib, Tailand Oliy sudi binosi oldida to‘plandi. Biroq Chinavat sudga kelmadi.

Uning advokatlari hukm e’lon qilinishi sanasi ko‘chirishni so‘radi. Himoyaning bu so‘rovi rad etildi, sud Chinavatni hibsga olishga order berdi va hukm e’lon qilinadigan yangi sana sifatida 27-sentabrni belgiladi.

Nation telekanaliga ko‘ra, advokatlar sobiq bosh vazir kasalligi to‘g‘risida ma’lumotni taqdim etsa, order bekor qilinishi mumkin.

Ma’lumot uchun, ayblov Yinglak Chinavat hukumatni boshqargan 2011—2014-yillarda uning harakatlari tufayli davlatga yetkazilgan zararni 518 milliard bat (14,8 milliard dollar) baholamoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-08-2017, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют