» » Ilon Maskning boyligi birinchi bor 20 milliard dollardan oshdi

Ilon Maskning boyligi birinchi bor 20 milliard dollardan oshdi


Tesla Motors va SpaceX raketa kompaniyasini ishga tushirib bankrot bo‘lishiga sal qolgan Ilon Maskning boyligi birinchi bor 20 milliard dollardan oshdi, deb xabar berdi Forbes.

22-avgust kuni Forbes har yiligi dunyoning eng boy texnologik milliarderlari ro‘yxatini e’lon qildi. Mask 20,7 milliard dollar bilan 12 pog‘onani band etib, Microsoft korporatsiyasi asoschilaridan biri Pol Allen (20,5 milliard dollar) va Alphabet kompaniyasi direktorlar kengashining raisi Erik Shmidt (12,4) kabi biznesmenlarni ortda qoldirdi. Shunday qilib, Forbes tomonidan mart oyida sayyoraning eng boy odamlari reytingini e’lon qilganidan beri Mask 7 milliard dollarga boyigan.

Maskning bu kabi tez ko‘tarilishi aerokosmik SpaceX kapitalizatsiyasining o‘sishi bilan tushuntirilmoqda. Odamlarni Marsga yuborishni rejalashtirayotgan kompaniya o‘tgan oyda 350 million dollar o‘ziga jalb qildi, uning narxi esa 21 milliard dollarga baholandi. Ushbu biznesning yarmidan ko‘pi Maskka tegishli.

Mask Tesla’ga 2004-yilda asosiy investor sifatida a’zo bo‘lgan va 2008-yilga borib kompaniyaning bosh direktoriga aylangan. Forbes’ning ma’lum qilishicha, u Tesla va SpaceX rivojlanishini moliyalashtirish uchun o‘zining barcha aktivlarini sotgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-08-2017, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют