» » Umidjon Salimov “O‘zavtosanoat” rahbari etib tayinlandi

Umidjon Salimov “O‘zavtosanoat” rahbari etib tayinlandi


Umidjon Salimov “O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar qildi.

Salimov 2017-yil aprelidan buyon “O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisining texnika siyosati va mahalliylashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Umidjon Salimov (1976-yilda tug‘ilgan) Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti aspiranturasini tamomlagan, texnika fanlari nomzodi.

1998?1999-yillarda “Avtodayjest” gazetasi mas’ul kotibi lavozimida ishlagan. 1999—2000-yillarda “O‘zavtosanoat” assotsiatsiyasining “Avtosaninvestproyekt” kompaniyasida yetakchi mutaxassis bo‘lgan. 2000?2004-yillarda “O‘zavtosanoat” assotsiatsiyasi moliya-iqtisodiy ekspertiza va kreditlash boshqarmasida yetakchi mutaxassis lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

2005—2007-yillarda “O‘zavtosanoat” marketing, savdo strategiyasi va eksport salohiyatini rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi bo‘lgan. 2007?2009-yillarda GM Uzbekistan yangi loyihalar boshqarmasi bo‘lim bosh menejeri lavozimida ishlagan.

2009—2011-yillarda GM Powertrain Uzbekistan bosh direktori o‘rinbosari bo‘lgan. 2011?2013-yillarda esa “O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisi o‘rinbosari edi.

2013—2017-yillarda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari va O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi direktori sifatida ish olib bordi.

Avval xabar qilinganidek, Ulug‘bek Ro‘ziqulov “O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etilib, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasiga rahbar etib tayinlandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-08-2017, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют