» » Andijonlik qutqaruvchilar tok urgan elektr tarmoqlari xodimiga yordam ko‘rsatdi

Andijonlik qutqaruvchilar tok urgan elektr tarmoqlari xodimiga yordam ko‘rsatdi


Andijon Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tok urishidan jabrlangan montajchi ustaga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatib, uning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarnomaga ko‘ra, 23-avgust kuni soat 20:25 da Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Tezkor navbatchisiga Andijon shahar “Elektrtarmoqlari” korxonasi xodimi qo‘ng‘iroq qilib, hamkasbi G‘.A. Andijon shahar Bobur shohko‘chasi 2-uyning tom qismida xizmat vazifasini bajarish chog‘ida elektr tokidan zarar ko‘rib, hushsiz yotganligi to‘g‘risida xabar berdi.

Shundan so‘ng navbatchilikdagi qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga etib bordi va uyning tomida hushsiz yotgan G‘.A. ga birinchi yordam ko‘rsatib, hushiga keltirdi.

Jabrlangan fuqaro uyning tom qismidan olib tushildi va tez tibbiy yordam xodimlariga topshirildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (25-08-2017, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют