» » Kobulda masjidga hujum uyushtirildi. Ikki kishi o‘ldirildi

Kobulda masjidga hujum uyushtirildi. Ikki kishi o‘ldirildi


Afg‘oniston poytaxtining Qal’ai Najjorho tumanida joylashgan Imomi Zamon masjidiga bir guruh jangarilar hujum uyushtirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Hujum chog‘ida ikki kishi o‘ldirildi, olti kishi yaralandi.

1TV telekanali o‘z manbalariga tayangan holda hujum uyushtirganlar to‘rt kishi bo‘lganini aytmoqda.

Kobul politsiyasi ma’lumotlariga qaraganda, jangarilar dastlab masjidning ikki qo‘riqchisini otib tashlagan, so‘ng ichkariga kirgan. Ular ayni paytda masjid ichida yashirinib turibdi.

Afg‘oniston IIV matbuot xizmati ikki jangari o‘ldirilgani, qolgan jangarilarni yo‘q qilish operatsiyasi davom etayotganini bildirdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-08-2017, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют