» » Qirg‘iziston parlamenti prezident devoni rahbarini bosh vazir sifatida tasdiqladi

Qirg‘iziston parlamenti prezident devoni rahbarini bosh vazir sifatida tasdiqladi


Qirg‘iziston parlamenti navbatdagi majlisida prezident devoni rahbari Sapar Isoqovni bosh vazir sifatida tasdiqladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Tayinlovni 90 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi, besh kishi qarshilik bildirdi.

Bir necha kun muqaddam Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev mamlakat bosh vaziri Sooronbay Jeenbekovning iste’fosi haqidagi farmonni imzolagan edi. Jeenbekov prezident saylovida ishtirok etish uchun bosh vazirlik vakolatini muddatidan ilgari topshirishga qaror qildi.

Prezident Jo‘qorg‘i Keneshga 25-avgustga qadar hukumatning yangi tarkibini tasdiqlashni topshirgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-08-2017, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют