» » Zangiotada ikki nafar ayolni Turkiyaga fohishalik qilish uchun jo‘natmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Zangiotada ikki nafar ayolni Turkiyaga fohishalik qilish uchun jo‘natmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi


Toshkent shahar IIBB tomonidan ma’lum qilinishicha, Chilonzor tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan odam savdosi jinoyati bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xabar berilishicha, 2017-yil 22-avgust kuni Chilonzor tuman IIBga fuqaro Naima Erkinova ariza bilan murojaat qilgan. Arizaga ko‘ra, yoshi 40 — 45 larda bo‘lgan Gulshan ismli ayol uning Mahfuza va Arofat ismli tanishlarini Qozog‘iston orqali Turkiyaga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yubormoqchi bo‘lgan. Mazkur shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu ariza asosida, shu kuni Toshkent shahar IIBB va Chilonzor tuman IIB xodimlari tomonidan jinoyatchini qo‘lga olish borasida tezkor tadbir rejalashtirgan.

Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan “G‘isht-ko‘prik” YPX maskanida Gulshan Ro‘zimurodova fuqarolar Mahfuza Sultonova va Arofat Rahmatovani Qozog‘iston Respublikasi orqali Turkiyaga yubormoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Gulshan Ro‘zimurodovaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davrida u Mahfuza Sultanova va Arofat Rahmatovaga fohishalik qilish orqali mo‘may daromad orttirishi, yashash shart-sharoitlari yaxshi ekanligini va’da qilib, ularni Qozog‘iston hududi orqali Turkiyaning Istanbul shahriga yubormoqchi bo‘lganligi aniqlandi.

Dastlabki tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatni sodir etganlikda Gulshan Ro‘zimurodovaning aybi to‘liq isbotlanib, unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan ayblov e’lon qilindi va jinoyatning og‘irlilik darajasini inobatga olgan holda unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, Gulshan Ro‘zimurodovaning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchilarning anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiyasi va ismining har qanday o‘xshashligi tasodifiy xarakterga ega.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-08-2017, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют