» » Boks. Sanjar Tursunov JChdagi ilk jangida raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi — 5:0

Boks. Sanjar Tursunov JChdagi ilk jangida raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi — 5:0


Gamburgda kecha — 25-avgust kuni start olgan boks bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston delegatsiyasidan birinchi bo‘lib Sanjar Tursunov ringga ko‘tarildi.

-91 kilogramm vazn toifasidagi bokschilar o‘rtasidagi musobaqada ishtirok etayotgan Tursunov mundiallardagi ilk jangini nikaragualik Jeffri Gonsalesga qarshi o‘tkazdi va 5:0 hisobida ustun keldi.

O‘zbekistonlik bokschilar orasida faqatgina Sanjar Tursunov ishtirokini 1-bosqichdan boshlagandi, qolgan 9 bokschi musobaqalarga 2-bosqichdan qo‘shiladi.

Tursunov Toshkent mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida medal ola bilmagan yagona o‘zbekistonlik bo‘lgan. O‘shanda chorak finalda Olimpiada sovrindori hisoblangan qozog‘istonlik Vasiliy Levit Tursunovni yengishga muvaffaq bo‘lgandi, deb yozdi “Olamsport” nashri.

Tursunovning Gamburgdagi keyingi raqibi argentinalik Peralta Yara bo‘ladi. Mazkur bokschi JChda 4-raqam ostida saralangan. Jang 27-avgust sanasiga rejalashtirilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (26-08-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют