» » Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon uchta raketa uchirdi

Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon uchta raketa uchirdi


KXDR 26-avgust, shanba kuni ertalab Yaponiya tomonga kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni uchirdi. Bu haqda Yonhap agentligi Janubiy Koreya birlashgan shtab rahbarlari qo‘mitasiga asoslanib ma’lum qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Idoraning xabar berishicha, Kanvondo provinsiyasidan uchta raketa Yapon dengiziga qarab uchirilgan. Shuningdek, Janubiy Koreya harbiylarining ma’lum qilishicha, raketalar 250 kilometrga yaqin masofani bosgan.

Bundan tashqari Amerika harbiylari ham Shimoliy koreyaliklar raketa uchirganini aniqladi. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, kichik masofaga mo‘ljallangan ikkita ballistik raketaning uchirilishi omadsiz yakunlangan, raketalardan yana biri uchirilishidan ko‘p o‘tmay turib portlab ketgan.

Koreya yarimorolidagi vaziyat KXDR va AQSh o‘rtasida almashilgan bayonotlardan so‘ng keskinlashdi. Shimoliy Koreya Amerikaning Anderson aviabazasi hamda Apra-Xarbor harbiy-dengiz bazasi joylashgan Guam oroliga raketa uchirishga va’da berdi. O‘z navbatida AQSh prezidenti Donald Tramp ham KXDR yetakchisi Kim Chen In “Guamga biror nima qilgudek bo‘lsa, Shimoliy Koreya bilan hali hech yerda ro‘y bermagan noxushliklar sodir bo‘lishi”ni va’da qildi.

O‘tgan haftada ikki mamlakat yetakchilari o‘z bayonotlarini biroz yumshatdi. Kim Chen In bir muncha vaqt AQSh xatti-harakatlarini kuzatishga tayyor ekanligini bildirdi, Tramp esa uning so‘zlarini ma’qulladi. Biroq 21-avgust kuni AQSh va Janubiy Koreya KXDRda qurolli mojaroga tayyorgalik deya qabul qilinayotgan o‘zaro hamkorlikdagi “Ulchi — Freedom Guardian” o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-08-2017, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют