» » Tailand sudiga kelmagan sobiq bosh vazirning uzoq xorijda ekanligi taxmin qilindi

Tailand sudiga kelmagan sobiq bosh vazirning uzoq xorijda ekanligi taxmin qilindi


Tailand Oliy sudiga hukm e’lon qilinishiga kelmagan sobiq bosh vazir Yinglak Chinavat uzoq xorijda bo‘lishi mumkin. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri general Pravit Vongsuvan ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“U Tailandga qo‘shni davlatlardan hech birida emasligi ehtimolga yaqin. Chinavatni uzoqroqqa ketganini taxmin qilish mumkin”, — dedi Pravit Vongsuvan.

General sobiq bosh vazirga mamlakatdan zarur immigratsiya jarayonlarini chetlab o‘tib chiqib ketishga yordam bergani aytilayotgan politsiyaning yuqori martabali zobitini lavozimidan bo‘shatish niyatida emasligini bildirdi.

Bangkokda tarqalgan ovozalarga ko‘ra, Yinglak harbiylar tomonidan hokimiyatdan chetlatilgan va ikki yillik qamoq jazosiga hukm qilingan akasi, sobiq bosh vazir Taksin Chinavat istiqomat qilayotgan Dubayda bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Tailand Oliy sudi 25-avgust, juma kuni o‘ziga nisbatan chiqarilgan hukm e’lon qilinishiga kelmagani uchun Yinglak Chinavatni hibsga olishga order berdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-08-2017, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют