» » Biznes-ombudsman Ozbekistonda biznes yuritayotgan xorijiy kompaniyalar huquqlari va manfaatlarini ham himoya qiladi

Biznes-ombudsman Ozbekistonda biznes yuritayotgan xorijiy kompaniyalar huquqlari va manfaatlarini ham himoya qiladi


Oliy Majlisi Senati 11-yalpi majlisida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boyicha vakil togrisidagi qonun senatorlar tomonidan maqullandi. Bu haqda Gazeta.uzxabar bermoqda.

Qonun muhokamasi chogida senatorlar qayd etganidek, tadbirkorlik, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatining amalga oshirilishida ishtirok etish, ularni huquqiy jihatdan qollab-quvvatlash, qabul qilingan hujjatlarning tadbirkorlik sohasiga tasirini baholash, bu sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash Vakil biznes-ombudsmanning asosiy vazifalari etib belgilangan.

Qonun Vakilga sohada nazoratni amalga oshirish, tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlariga shubhasiz rioya etilayotganligi ustidan nazoratni amalga oshirish boyicha keng vakolatlar beradi. Xususan, u davlat organlarining (tashkilotlarining) qarorlari, ular mansabdor shaxslarining tadbirkorlar huquqlarini buzuvchi harakatlari ustidan shikoyatlarni korib chiqadi, ularning faoliyatini tekshirish qonuniyligi ustidan monitoring otkazadi, arizalar va davolar bilan sudlarga murojaat qiladi, davlat organlarining majlislarida ishtirok etadi, tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bilan bogliq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Shu bilan birga, qonunda Vakil tomonidan korib chiqilmaydigan masalalar ham belgilangan. Tadbirkorlar ortasidagi iqtisodiy nizolar, oilaviy, mehnat va tadbirkorlik bilan bogliq bolmagan boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar, shuningdek, sudning, tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovni, surishtiruvni va jazo ijrosini amalga oshiruvchi organlarning vakolat doirasiga kiradigan masalalar shular jumlasidan.

Biznes-ombudsman Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. U Prezident roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki mamuriy jazo choralariga tortilishi mumkin emas.

Qonunga muvofiq, biznes-ombudsman nafaqat mahalliy tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarining himoyasi, balki Ozbekistonda oz biznesini yuritayotgan xorijiy kompaniyalar huquqlari va qonuniy manfaatlarining himoyasini taminlashi lozim.

Daryo yangiliklarini Odnoklassnikida kuzatib boring

: admin (26-08-2017, 11:42)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 1) ( 2)
:
-
:
20 ... -