» » Bryussel markazida noma’lum shaxs harbiylarga pichoq bilan hujum qildi. Hodisa terakt deya baholandi

Bryussel markazida noma’lum shaxs harbiylarga pichoq bilan hujum qildi. Hodisa terakt deya baholandi


25-avgust, juma kuni kechasi pichoq bilan qurollangan erkak Bryussel markazidagi harbiy xizmatchilarga hujum qildi, deb xabar berdi “TASS”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea poytaxt markazidagi Emil Jakmen xiyobonida soat 20:15 da sodir bo‘lgan. Hujum vaqtida jinoyatchi “Allohu akbar!” deya baqirgan. U harbiylardan birining yuziga, yana birining qo‘liga yengil shikast yetkazgan.

Jinoyatchiga nisbatan o‘q uzilib, xavf bartaraf etilgan. U shifoxonaga olib borilgach, o‘sha yerda vafot etgan.

“Taxminimizcha, u terrorchilik hujumini uyushtirgan”, — deya agentlik prokuratura vakilining so‘zlaridan parcha keltirdi.

Hujumni uyushtirgan fuqaroning shaxsi aniqlandi — u 1987-yilda Somalida tug‘ilgan bo‘lib, Bryuggeda istiqomat qilgan. Ilgari u haqida politsiyada ma’lumot bo‘lmagan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-08-2017, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют