» » Hindistonda nufuzli yetakchi hibsga olinganidan so‘ng boshlangan tartibsizliklarda 30 kishi halok bo‘ldi

Hindistonda nufuzli yetakchi hibsga olinganidan so‘ng boshlangan tartibsizliklarda 30 kishi halok bo‘ldi


Hindistonning Panchkul shahrida (Xaryana shtati) sud nufuzli diniy yetakchini izdosh ayollarni zo‘rlaganlikda aybdor deb topganidan so‘ng yuzaga kelgan tartibsizliklarda kamida 30 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Hindustan Times nashriga ko‘ra, 29 kishi Panchkula shahrida, yana bir kishi Ram Rahimning qavmi joylashgan Sirsa shahrida halok bo‘ldi. Uning izdoshlari ko‘p bo‘lgan Panjob shtatida ham vaziyat notinch ekanligi aytilmoqda.

“Dera Sacha Saudra” qavmi yetakchisi Garmit Ram Rahim Singx 25-avgust, juma kuni ikki holat bo‘yicha zo‘rlashda aybdor deb topildi. U sud binosida hibsga olindi, shundan so‘ng sud yig‘ilishi o‘tkazilgan Panchkulda tartibsizliklar boshlandi.

Garmit Singxga nisbatan hukm 28-avgust, dushanba kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-08-2017, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют