» » O‘zbekiston boks terma jamoasi ortda qolgan 12 ta Jahon chempionatida qanday ishtirok etgan?

O‘zbekiston boks terma jamoasi ortda qolgan 12 ta Jahon chempionatida qanday ishtirok etgan?


Germaniyaning Gamburg shahrida start olgan boks bo‘yicha Jahon chempionati O‘zbekiston termasi uchun 13-si hisoblanadi. “Olamsport” nashri ortda qolgan 12 ta mundialdagi natijalarga e’tibor qaratishni lozim topgan.

1974-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatlarida medal jamg‘arish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 10-o‘rinni egallab turibdi. Hozircha o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari mundiallarda 5 ta oltin, 10 ta kumush va 15 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Bu borada Kuba bokschilari bilan raqobatlashish juda qiyin. Ular eng yaqin ta’qibqichisi bo‘lgan Rossiyadan 44 ta ko‘proq oltin olishga erishgan.

O‘zbekiston boks terma jamoasi Jahon chempionatlaridagi ishtirokini 1993-yil Finlyandiya mundiali orqali boshlagan. Boksda dunyoning eng kuchli sportchilari har ikki yilda bir marta jahon chempionligi uchun kurash olib borishi inobatga olinsa, O‘zbekiston delegatsiyasi mundialga bungacha 12 marta tashrif buyurgani oydinlashadi.

Germaniya—2017 (Gamburg) bu borada O‘zbekiston uchun 13-Jahon chempionati bo‘ladi.

O‘zbekiston terma jamoasi JChda 5 ta oltin qo‘lga kiritgani aytildi. Bunda 4 nafar bokschi nomi keltiriladi: Ruslan Chagayev, Muhammadqodir Abdullayev, O‘tkirbek Haydarov va Abbos Atoyev. Abbos Jahon chempionatlarida 2 ta oltin qo‘lga kiritgan yagona o‘zbekistonlik bokschi hisoblanadi.

Ruslan Chagayev 1997-yil Vengriyaning Budapesht shahrida oltin medalga ega chiqqan. Keyinroq kubalikliklar uning professional ringga chiqib ulgurgani haqida bong urib, oltin medalni bekor qilishni so‘ragan, deb ma’lumot bergan “Olamsport”.

Shunga qaramay, Chagayev 2001-yil Buyuk Britaniyada baribir o‘zini ko‘rsatdi va barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston terma jamoasi uchun eng omadli JCh 1999-yil Xyustonda bo‘lib o‘tganidir. O‘shanda Muhammadqodir Abdullayev hamda O‘tkirbek Haydarovga oltin medal nasib qilgan, To‘lqin Turg‘unov kumushni qo‘lga kiritgan.

Abbos Atoyev esa Chikago va Milanda muvaffaqiyat qozongan. Ketma-ket ikki musobaqada oltin medalga ega chiqqan bokschi O‘zbekiston tarixidan joy olgan.

Qatar poytaxtida o‘tgan so‘nggi Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ya’ni, O‘zbekiston terma jamoasi oltin medalga ega chiqa olmadi.

Biroq bir yil o‘tib O‘zbekiston boks termasi Rio—2016 Olimpiadasida barchani o‘ziga qaratib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shu vajdan olib qaraganda, o‘zbekistonlik bokschilar Gamburgga favoritlardan biri sifatida yo‘l olgan. Osiyo chempionatidagi 10 ta imkoniyatdan 9 ta oltinga ega chiqqan O‘zbekiston termasi Qozog‘istondan ancha ilgarilab ketib qoldi. Endi bu yurishni Jahon chempionatida ham davom ettirish kerak.

O‘zbekiston boks terma jamoasi Jahon chempionatlari tarixida biror marta ham umumjamoa hisobidan birinchi bo‘lmagan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-08-2017, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют