» » OAV: Turkiyada Qatar atrofida diplomatik inqirozni keltirib chiqargan xakerlar qo‘lga olindi

OAV: Turkiyada Qatar atrofida diplomatik inqirozni keltirib chiqargan xakerlar qo‘lga olindi


Qatar davlat axborot agentligi (QNA) tizimini buzishda aloqadorlikda ayblangan besh nafar kiberjinoyatchi Turkiyada qo‘lga olindi. Bu haqda Al Jazeera’ga tayanib, “TASS” xabar berdi.

“Turkiyadagi do‘stlarimiz besh nafar shaxs qo‘lga olingani va ularga nisbatan tergov boshlangani haqida xabar berdi. Qatar prokuraturasi turkiyalik hamkasblari bilan ushbu masala bo‘yicha hamkorlik qilmoqda”, — deya amirlik bosh prokurori so‘zlaridan parcha keltirdi telekanal.

QNA’ga uyushtirilgan kiberhujum oqibatida agentlikning rasmiy saytida Qatar amiri Tamim Bin Hamad At-Taniy Eronni “mintaqadagi barqarorlikni ta’minlovchi” deya atagani va ba’zi Yaqin Sharq mamlakatlarining Tehronga qarshiligini tanqid qilgani haqida xabar paydo bo‘lgan edi.

Qatar Tashqi ishlar vazirligining rasmiy sahifa buzilgani haqidagi bayonotiga qaramay, 5-iyunda Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Qatarni terrorchilikni qo‘llab-quvvatlash va o‘zlarining ichki ishlariga aralashishda ayblab, u bilan diplomatik munosabatlarni uzgan edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-08-2017, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 56) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют