» » Rostovda gubernator tashrifi oldidan uyi yonib ketganlarga televizor olib kelishdi. Keyin esa qaytarib olib ketishdi

Rostovda gubernator tashrifi oldidan uyi yonib ketganlarga televizor olib kelishdi. Keyin esa qaytarib olib ketishdi


23-avgust kechasi Rossiyaning Rostov viloyatida yong‘indan jabr chekkanlar joylashtirilayotgan 5-maktabga viloyat gubernatori Vasiliy Golubevning tashrifidan bir necha soat oldin mebel hamda elektron texnikalar olib kelingan, deb xabar berdi TJournal.

Kechasi divanlar hamda plazma televizorlarni olib kelishdi. Mebellar hamda texnikalar xonalarga joylashtirildi. Ertasi kuni esa gubernator jurnalistlar bilan tashrif buyurdi. Ular maktabni ko‘rib chiqib, keyin ketdi. OAV vakillari ketishi bilan shtab xodimlari olib kelingan buyumlarni yig‘ishtira boshladi. Tezkor shtabdan nega televizorni olib ketishayotgani haqida berilgan savolga ular ushbu mulklar Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligiga tegishli deya javob qaytardi.

Aleksandr, yong‘indan jabr chekkan fuqaro.

21-avgust kuni Rostov markazida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida umumiy miqdorda 10 ming kvadrat metr maydon kulga aylandi. 120 ga yaqin bino, xususan, 100 ga yaqin aholi uylari yonib ketdi. Yong‘in oqibatida birinchi guruh nogironi bo‘lgan erkak halok bo‘lgan. 600 yaqin odam evakuatsiya qilindi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-08-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют