» » Noma’lum erkak Bukingem saroyi yaqinida ikki nafar politsiyachiga jarohat yetkazdi

Noma’lum erkak Bukingem saroyi yaqinida ikki nafar politsiyachiga jarohat yetkazdi


Londonning Bukingem saroyi yaqinida noma’lum erkak ikki nafar politsiyachiga jarohat yetkazdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

“Ikki nafar politsiyachi Bukingem saroyi yaqinida pichoq bilan qurollangan erkakni hibsga olayotgan vaqtda jarohat oldi”, — deyiladi xabarda.

Jinoyatchi saroy hududiga kirguniga qadar to‘xtatib qolingan. U og‘ir tan jarohati yetkazish va politsiyachilarga hujum uyushtirishda gumonlanib hibsga olingan. Jarohat olgan politsiyachilar voqea joyida qolgan.

Bukingem saroyi vakili xavfsizlik masalalari yuzasidan izoh berishni istamadi.

Saroyda qirolicha Yelizaveta II ning rasmiy qarorgohi joylashgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, sodir bo‘lgan hodisa yaqinida qirollik oilasi a’zolari bo‘lmagan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-08-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют