» » Yevroparlament zilzilalardan jabrlangan Italiya mintaqalarini tiklash uchun 1,2 mlrd yevro ajratadi

Yevroparlament zilzilalardan jabrlangan Italiya mintaqalarini tiklash uchun 1,2 mlrd yevro ajratadi


Yevroparlament kelgusi haftada Yevroittifoq Birdamlik fondidan zilzilalardan jabrlangan Italiya mintaqalarini tiklashda yordam berish uchun 1,2 milliard yevro ajratilishini ma’qullashi kutilmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Budjet bo‘yicha qo‘mita Italiyaning Abrutsso, Latsio, Marke va Umbriya mintaqalariga 2016—2017-yillardagi zilziladan so‘ng tiklanishiga yordam berish uchun Birdamlik fondidan 1,2 milliard yevro ajratilishini ma’qullashi lozim”, — deyiladi Yevroparlament press-relizida.

Yevroparlamentdagi EPP partiyasiga ko‘ra, Markaziy Italiyada 2016-yil avgusti va 2017-yil yanvari o‘rtasidagi kuchli zilzilalar 333 kishi halok bo‘lishi, infrastruktura, biznes va jabrlangan aholi hayot tarziga jiddiy zarar yetishiga olib keldi. 30 ming kishiga yordam talab qilinmoqda.

Birdamlik fondi (EU solidarity fund) 2002-yili Yevropa davlatlariga yirik tabiiy ofatlarda ko‘mak berish uchun tashkil etilgan bo‘lib, shu paytga qadar 20 dan ortiq mamlakatga jami 5 milliard yevrodan ortiq mablag‘ ajratdi. Italiyaga berilishi rejalashtirilayotgan summa fond tomonidan bir paytning o‘zida ajratiladigan eng yirik miqdordagi mablag‘ hisoblanadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-08-2017, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют