» » JV MAN Auto Uzbekistan va “SamAvto” transport vositalarini sotish mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqdi

JV MAN Auto Uzbekistan va “SamAvto” transport vositalarini sotish mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqdi


JV MAN Auto Uzbekistan qo‘shma korxonasi va “SamAvto” MChJ ishlab chiqarilayotgan avtobus va yuk texnikasini sotish mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqdi. Bu haqda “1news.uz” xabar bermoqda.

25-avgustdan boshlab ikki korxona tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar narxi erkin almashtiriladigan valyutada belgilanadi. To‘lov Markaziy bankning shartnoma imzolangan sanada o‘rnatilgan kursi bo‘yicha milliy valyuta — so‘mda amalga oshiriladi.

Transport vositasining dastlabki to‘lovi (85 foiz va undan yuqori) amalga oshirilgan taqdirda valyuta kursining o‘zgarishi to‘lovning qolgan qismiga ta’sir o‘tkazmaydi, ya’ni avtomobilning shartnoma narxi o‘zgarmaydi.

Narxlarning erkin almashtiriladigan valyutada belgilanishi mahsulot qiymatini oshirmaydi, aksincha, qator pozitsiyalar bo‘yicha narxlarning 10 foizgacha pasayishi ko‘zda tutilmoqda.

Jumladan, JV MAN Auto Uzbekistan mahsulotlariga 18 ta pozitsiya bo‘yicha narxlar 9 foizgacha kamaytirildi. “SamAvto” MChJ mahsulotlariga 5 pozitsiya bo‘yicha narxlar 10 foizgacha pasaytirildi. Qolgan pozitsiyalarda ikki korxonada ham narxlar o‘zgarishsiz qolgan.

Shuningdek, qaytadan tuzilayotgan shartnomalar bo‘yicha transport vositalarini yetkazib berishning yakuniy muddatlari o‘rnatildi.

Ular avtobus va yuk texnikasi uchun 90 ish kunigacha, individual buyurtmalar bo‘yicha ishlab chiqariladigan maxsus texnika uchun 120 kundan 180 kungacha etib belgilandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-08-2017, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют