» » Toshkentdan Kiyevga parvoz qiluvchilarning 65 foizi “Toshkent—Minsk” reysidan, qariyb 30 foizi “Toshkent—Istanbul” yo‘nalishidan foydalanadi

Toshkentdan Kiyevga parvoz qiluvchilarning 65 foizi “Toshkent—Minsk” reysidan, qariyb 30 foizi “Toshkent—Istanbul” yo‘nalishidan foydalanadi


Toshkent va Kiyev shaharlari o‘rtasida aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘yish bo‘yicha so‘nggi ikki yil davomida faol ish olib borilmoqda, xususan, bu masalada Toshkentda ikkita uchrashuv tashkil etilgan. Bu haqda O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Abdualiyev ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Novosti Uzbekistana”.

Elchining so‘zlariga ko‘ra, reyslarni to‘ldirish bo‘yicha muammo bo‘lmaydi. Uning qayd etishicha, “Toshkent—Minsk” yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qilayotgan reyslarning 65 foizi keyin Kiyevga uchadigan yo‘lovchilar hisobidan to‘ldirilmoqda.

Elchi Abdualiyevning qayd etishicha, boshqa yo‘nalishlar, masalan, “Toshkent—Olmaota” va “Toshkent—Istanbul” yo‘nalishlari bo‘ylab parvoz qilgan yo‘lovchilarning ham taxminan 20—30 foizi so‘ng Kiyev tomon yo‘l oladi.

Ikki mamlakat vakolatli organlari mazkur masalani ko‘rib chiqish chog‘ida, eng avvalo, odamlar — talabalar, biznes vakillari va boshqalarning manfaatlarini hisobga olishlari lozim. Ikki mamlakat poytaxtlari o‘rtasidagi parvozlarning yaqin vaqt ichida qayta yo‘lga qo‘yilishi uchun biz qo‘limizdan kelganini qilamiz, deb o‘ylayman.

Alisher Abdualiyev, O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-08-2017, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют