» » Turkiya Suriya bilan chegarasiga qo‘shimcha tanklar va gaubitsalarni tashladi

Turkiya Suriya bilan chegarasiga qo‘shimcha tanklar va gaubitsalarni tashladi


Turkiya yana bir nechta gaubitsa va tanklarni Suriya bilan chegaraga tashladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Hurriyet Daily News nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya chegaraning qarama-qarshi tomonida kurdlarning “Xalq mudofaa kuchlari” (YPG) nazorati ostidagi hududlar joylashgan nuqtalarni mustahkamlamoqda.

Turkiyaning Kilis shahrida gaubitsa va tanklarni olib o‘tayotgan bir necha yuk mashinalaridan iborat harbiy karvon qayd etilgan. Bundan avval 5-avgustga qadar harbiy mashinalar Suriya bilan chegara zonasiga olib o‘tilgan edi.

Rasmiy Anqara YPG kuchlari Kurdiston ishchi partiyasi (KIP)ning Suriyadagi qanoti — “Demokratik ittifoq” firqasi kabi Turkiyaga qarshi qurolli kurash olib boradi, deb hisoblaydi. Shu sababli, Turkiyada YPG ham KIP kabi terrorchilik tashkiloti deb topilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (27-08-2017, 00:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют