» » Shohruz Norxonov “Obod”ga gol urdi, vodiy derbisida qo‘qonliklar ustun, “Nasaf” 5-o‘ringa sho‘ng‘idi

Shohruz Norxonov “Obod”ga gol urdi, vodiy derbisida qo‘qonliklar ustun, “Nasaf” 5-o‘ringa sho‘ng‘idi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 19-turidan joy olgan 5 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mamlakat bosh jamoasiga 3 va undan ko‘proq futbolchisini bergan “Lokomotiv, “Nasaf” va “Paxtakor” ishtirokidagi bellashuvlar noma’lum sanaga qoldirilgan.

Toshkent derbisida “Bunyodkor”ning qo‘li baland keldi. Davralar oralig‘ida “Obod”dan “Bunyodkor”ga ko‘chib o‘tgan Shohruz Norxonov sobiq jamoasi darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan vodiy derbisida Vadim Abramov boshqaruvidagi “Neftchi” navbatdagi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi va quyi ligaga ravona bo‘lish uchun navbatdagi qadamni tashladi.

19-turda zafar quchgan “Buxoro” va “Qo‘qon—1912” klublari kuchli uchlikdan joy olgan. “Bunyodkor”ning zafar quchishidan keyin Qarshining “Nasaf” klubi endi 5-o‘ringa sho‘ng‘igan.

O‘zbekiston Oliy Ligasi
19-tur uchrashuvlari
26-avgust, shanba

Gol: Mirg‘iyos Sulaymonov, 42 (0:1).

Gol: Ro‘zimboy Ahmedov, 65 (1:0).

Gollar: Nosir Otaqo‘ziyev, 8 (1:0). Mo‘ydin Mamazulumov, 64 (1:1). Nosir Otaqo‘ziyev, 68 (2:1). Suhrob Berdiyev, 74 (3:1).

Gol: Vladimir Bayenko, 51 (1:0).

Gollar: Shohruz Norxonov, 19 (1:0). Doston Hamdamov, 79 (2:0).

Noma’lum muddatga qoldirilgan o‘yinlar:

“Paxtakor” — “Mash’al”
“So‘g‘diyona” — “Nasaf”
“Olmaliq” — “Lokomotiv”

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-08-2017, 05:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют