» » Toshkentdagi “O‘rtasaroy” qabristonida yong‘in yuz berdi

Toshkentdagi “O‘rtasaroy” qabristonida yong‘in yuz berdi


Toshkent shahridagi “O‘rtasaroy” qabristonida yong‘in yuz berdi. Bu haqda “Potrebitel.uz” guruhi a’zolari ma’lum qildi.

“Bugun, 26-avgust kuni (u yerda) juda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Juda ko‘plab qabrlar yonib ketdi. Alanga koreys qabristoni tomonidan keldi. U yerda deyarli hamma qabrlar kuyib ketdi. 1,5 soatdan keyin bitta o‘t o‘chirish mashinasi keldi”, — deb yozdi guruh foydalanuvchilaridan biri.

U qarindoshlari ushbu qabristonga dafn etilgan kishilarni kelib, ularning qabrini qayta tiklashga chaqirib qoldi.

Postga qarindosh-urug‘lari ushbu qabristonga ko‘milgan ko‘plab foydalanuvchilar izoh yozib, ularga tegishli qabr yongan-yonmaganiga qiziqdi. O‘zlari chet elda bo‘lgan ba’zi kishilar qabristonga bormoqchi bo‘lganlardan o‘z qarindoshlarining qabri joylashgan kartalardan xabar olishni so‘rab qoldi.

Foydalanuvchilardan biri yozishicha, bugun, 27-avgust kuni qabriston ma’muriyatiga qo‘ng‘iroq qilganida, ular yong‘in haqidagi xabarni hayrat bilan qabul qilgan. Barcha kartalar bus-butun ekanligini va faqat nomsiz karta yonganligini ma’lum qilishgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-08-2017, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют