» » Qodirov IShIDchilarning farzandlarini o‘z tarbiyasi ostiga olishga tayyor

Qodirov IShIDchilarning farzandlarini o‘z tarbiyasi ostiga olishga tayyor


Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov Federatsiya kengashining xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ziyod Sabsabi bilan rossiyalik ayollar va bolalarni vataniga qaytarish bo‘yicha rejani muhokama qildi, deb yozadi “Vesti.ru”.

Qodirov o‘z Instagram’iga Bag‘doddagi yetimxonada olingan videorolikni joyladi. Syujetda gap IShIDchi ota-onalari Iroqning Mosul shahri ozod etilganidan keyin tashlab ketgan bolalar haqida boradi. Checheniston rahbari to‘rt nafar bolaning qarindoshlari topilganini ma’lum qildi, shu sababli u qolgan 75 yetimning ham oilasi topilishiga umid qilmoqda. Birinchi darajali vazifa — ularni uyga qaytarish bilan shug‘ullanish. Bolalarga ikki nafar ayol ham qo‘shiladi.

Bundan tashqari, Qodirov rossiyalik bolalar Rossiyaga ma’lum qilinmasdan turib, asrab olinmasligini talab qilmoqda. “Har birimiz yetimlarni boqish va tarbiyalash uchun o‘z qanotimiz ostiga olishga tayyormiz”, — dedi u.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-08-2017, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют