» » Dublin aeroportida kimdir qabr toshini unutib qoldirdi

Dublin aeroportida kimdir qabr toshini unutib qoldirdi


Dublin aeroporti xodimlari bir necha yil muqaddam yo‘lovchilardan biri terminalda qabr toshini unutib qoldirgani haqida hikoya qilib berdi. Qabr toshiga “Biz seni har doim yodda tutamiz, hech qachon unutmaymiz” yozuvi tushirilgan edi, deb xabar beradi Meduza.

Aeroport matbuot kotibi Odri O?Xaganga ko‘ra, qabr toshi egasi shu bilan qaytib kelmagan.

Qabr toshi aeroportda yo‘lovchilar unutib qoldirgan eng g‘ayritabiiy buyumlar ro‘yxatiga kirdi. Undan tashqari, ro‘yxatdan unitaz o‘tirg‘ichi, shisha ko‘z, odam xoki, yerto‘laning cho‘yan kalitlari dastasi, manekenlar bor.

O?Xagan, shuningdek, yo‘lovchilarning bagajga topshirib bo‘lmaydigan buyumlar bilan uchib ketishga urinishi bilan bog‘liq voqealarni hikoya qilib berdi. Jumladan, yo‘lovchilardan biri qo‘lida oshxona rakovinasini ko‘tarib salonga kirmoqchi bo‘lgan, yana biri ulkan xarsangtoshni bagajga topshirmoqchi bo‘lgan, bir yo‘lovchi esa cho‘ntagida tirik toshbaqa olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-08-2017, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют